Samarqandda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazildi

Samarqandda ilk bor o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatlash tizimi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabridagi  646-son qarori bilan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan edi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2020 yil 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar ona tili va adabiyot hamda matematika fanlari bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar Davlat test markazi tomonidan onlayn ro‘yxatga olindi.

Unda viloyatimizdan 2020 yil 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etdi.

Testda 97 nafar talabgor 180 daqiqa davomida o‘z bilimini sinadi, 13 nafari turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Eslatma: ertaga, 14 aprel kuni soat 10:00 da matematika fanidan test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi.