Samarqandda videolarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib fuqarodan pul talab qilgan ona-bola qo‘lga olindi
21 fevral kuni Samarqand shahri IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan. Tadbirda A.S. fuqaro B.G.dan tovlamachilik yo‘li bilan 2000 AQSh dollari talab qilib, shundan 650 AQSh dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur mablag‘ xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, 2022 yilning fevral oyi o‘rtalarida, A.D. o‘zinining 16 yoshli qizi A.S. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 29 yoshli B.G. bilan uchrashib, B.G. tomonidan sir saqlanishi xohlagan videotasvirlar mavjud ekanligini aytishgan. Ushbu videoyozuvlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan, oshkor qilmasliklari evaziga 2000 AQSh dollar pul talab qilib kelgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.D. hamda A.S.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs sud tomonidan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.