Samarqandda yana 5 nafar bemor covid-19dan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 5 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
❗️Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 42 yoshda, yoshi kichigi 15 yoshda.
❗️Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ushbu xududdagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda ayni paytda viloyatda Sog‘liqni saqlash vazirligining epidemiolog va infeksionist shifokorlaridan iborat maxsus guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda.
❗️Ular shu kunlarda viloyatning “qizil” hududlari: Samarqand shahri, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni yanada kuchaytirish, bemorlarni samarali davolash borasida mahalliy mutaxassislarga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatishmoqda.
❗️Hozirda viloyatda jami kasallik qayd etilganlar soni 364 nafarni tashkil etmoqda. Bugun 5 nafar bemor tuzaldi va jami sog‘ayganlar 314 nafarga yetib, davolanayotganlar 48 nafar bo‘lib turibdi.
‼️Shunday qilib, bugun 73 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 3087 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.