Samarqandlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada ishtirok etish huquqi uchun bahslashmoqda
- 16.11.2019 13:48
- 121
- Ta’lim
Bugun Toshkent shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi informatika va axborot texnologiyalari olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu olimpiadada ishtirok etayotgan 100 nafar o‘quvchi-yoshlar orasida Samarqand shahridagi 9-umumta’lim maktabi o‘quvchilari Feruzbek Turdiyev, Shohjahon Mardonov, Urgut tumanidagi 136-IDUM o‘quvchisi Og‘abek Rahimov hamda Oqdaryo tumanidagi 21-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Shohjahon Toshtemirovlar ham bor.
O‘quvchilar olimpiadada 5 ta dasturlashga doir masalalarni 3 soat mobaynida C++, Pascal va Delphi dasturlash tillaridan foydalanib yechmoqda.
Tanlov yakunida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari saralab olinadi.
Vakillarimizga omad tilaymiz.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa