SamDChTI talabalari xalqaro doiralarda munosib o‘rinda

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida “Yapon tili notiqlik san’ati” xalqaro tanlovining navbatdagi bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaziy Osiyo davlatlarining 25 ga yaqin talaba-yoshlari qatorida Samarqand davlat chet tillar institutining 3-bosqich talabasi Lazizabonu Ahadova ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, institutning 4-bosqich talabasi Dilrabo Tohirovaning ikkita “A manual on Writing” hamda “Architectural peculiarities of Central Asian cities” nomli kitoblari Germaniyaning mashhur "Lambert" nashriyotida chop etildi.

Dilrabo Tohirovaning ushbu kitoblari ingliz, rus, nemis, ispan, fransuz, portugal, italyan, polyak kabi 8 ta tilga tarjima qilinib, dunyoning 70 ta kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi veb-saytlarida ham e’lon qilindi va dunyo bo‘ylab sotuvga qo‘yildi.

SamDChTI axborot xizmati.