SamDChTIda xorijlik mutaxassis va talabalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi
Karantin sabab barcha oliy ta’lim muassasalarida 2020 yil 16 martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqarildi. Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatadigan professor-o‘qituvchilar ham ayni damda talabalar bilan masofaviy ta’lim jarayonlarini davom ettirmoqda.
Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik mutaxassislar va talabalar ham hozirda karantin holatida muddatidan oldin e’lon qilingan ta’tilni o‘tkazmoqda. Institut rektori, prorektorlar hamda fakultet dekanlaridan iborat vakillar xalqimizga xos bo‘lgan xayrli ishga qo‘l urdi.
Ular xorijlik mutaxassislar hamda talabalarni o‘n kunlik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minladi. Ularga yetarli darajada imkoniyatlar yaratildi. Xususan, Wi-Fi zonasi tashkil etilib, ular yashayotgan har bir xonaga televizorlar o‘rnatildi, ARM va AKT xonalarining faoliyati ta’minlandi. Mazkur xayrli ishlar keyingi o‘n kunlikda ham amalga oshiriladi.
Asilbek ABDURAIMOV.