SamVMI delegatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘ldi
- 03.02.2020 10:45
- 45
- Ta’lim
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori Xudaynazar Yunusov boshliq delegatsiya Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi. Delegatsiya tongda Respublika poytaxti Nukus shahriga yetib bordi.
Tashrifning dastlabki uchrashuvi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy organi - Jo‘qorg‘i Kengesida bo‘lib o‘tdi. Institut rahbariyati va filial mutasaddilari respublika hukumati vakillari bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta’lim tizimiga qaratilgan e’tibor, oziq-ovqat xavfsizligi masalalari, shuningdek, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialining bugungi kundagi faoliyati, ilmiy salohiyati, qolaversa, ekologik va umuminsoniy muammolar xususida fikr-mulohaza almashindi. Mo‘ynoqda filial tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
SamVMI axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Inson taqdiri va vijdonni mezon qilgan jurnalist
- Kecha, 14:14
- Jamiyat
Yanvar oyi pensiyalari qachon to‘lanadi?
- Kecha, 12:06
- Iqtisodiyot