Sartepa maskanida ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda
- 29.01.2019 10:35
- 111
- Samarqand
Kecha zarnews.uz saytida Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi “Nihol” restorani oldida ichimlik suvi quvurining teshilishi oqibatida buloq paydo bo‘lgani haqida o‘qib qoldim.
Ming afsuski, bizning Samarqand shahar Sartepa mavzei Botir Zokirov mahallasi hududida - 45-yo‘nalishda qatnovchi avtobusning oxirgi bekati oldida ham bir haftadan buyon shunday holat kuzatilmoqda.
27-28 yanvar kunlari hududimizda ichimlik suvi uzib qo‘yilgandi. Ammo shu hududning o‘zida toza ichimlik suvi isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilgani, bunga tegishli tashkilot mas’ullarining befarqligiga qanday qarash mumkin?
O‘rinboy NORMATOV.
Teglar:
ichimlik suvi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa