Saudiya Arabistoni hukumati Haj vaqtida Ka’baga teginishni taqiqladi

Saudiya Arabistoni hukumati navbatdagi Haj safari davrida koronavirus infeksiyasi tufayli Ka’baga teginishni taqiqlaydi. Joriy yilda Haj safari 28 iyuldan 2 avgustgacha davom etishi rejalashtirilgan. Bu haqda Saudiyaning “Ash-Sharq al-Ausat” nashri ma’lum qildi.

“Ka’baga teginish va uni o‘pish taqiqlanadi”, deyilgan mamlakatning Haj va umra masalalari bo‘yicha vazirligi bayonotida.

Shu bilan birga Zamzam bulog‘idan suv ichish qoidalari ham qat’iy nazorat qilinadi. Suvdan faqatgina bir martalik idishlarda ichish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus tarqalishi xavfi tufayli joriy yilda Haj safariga xorijiy xojilarning kelishini taqiqlashi haqida ma’lum qilgandi.