Saudiya Arabistonidagi Fransiya elchixonasiga hujum uyushtirildi

Saudiya Arabistoni politsiyasi Jidda shahridagi Fransiya konsulligiga hujum uyushtirib, qo‘riqchiga jarohat yetkazgan shaxsni hibsga oldi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

“Ertalab Jidda shahridagi Fransiyaning Bosh konsulxonasida xususiy xavfsizlik kompaniyasi xodimi qo‘riqchiga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida u yaralangan. Saudiya xavfsizlik kuchlari zudlik bilan jinoyatchini hibsga oldi”, deb bayonot berdi Parij vakillari. Ma’lum qilinishicha, qo‘riqchi kasalxonaga yetkazib borilgan, uning salomatligi barqaror baholanmoqda.

Fransiya elchixonasiga uyushtirilgan hujum haqidagi ma’lumot Fransiyaning Nitsse shahrida sodir bo‘lgan qotillik haqidagi xabarlar tarqaganidan biroz o‘tib tarqaldi.