Shunqor Xudoyberdiyev nega bank rahbari bo‘lib yurganda tuman hokimi bo‘lishni istamagan?
- 06.07.2019 13:46
- 1914
- Samarqand
Past Darg‘om tumanida o‘tkazilayotgan press-tur davomida tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyev jurnalistlar bilan uchrashib, tumanda olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda hokimlikning sharaf va mashaqqati haqida berilgan savolga javoban Sh.Xudoyberdiyev shunday javob berdi:
- Ish shunchalik ko‘pki, hatto shaxsiy hayot haqida o‘ylashga ham ba’zida vaqt bo‘lmaydi. Buni bilganim uchun ham ilgari bank rahbari bo‘lib ishlab yurganimda, shunday vazifaga takliflar bo‘lganda rad etganman. Lekin hokim bo‘lib, tuman taraqqiyotiga hissa qo‘shish, qaysidir yordamga muhtoj kishiga ko‘mak berishning sharafi boshqacha bo‘lar ekan. Ishimiz og‘ir bo‘lsada, bu bilan odamlarning mushkulini oson qilish, turmush tarzini o‘zgartirishga hissa qo‘shayotganimizdan, xalqimizga xizmat qilayotganimizdan mamnun bo‘lamiz.