Soatni qo‘lga taqish qachondan boshlangan?

O‘tgan asrning dastlabki yillarida birinchi navbatda bezak hisoblangan qo‘l soatlarini faqat ayollar taqib yurgan.

O‘sha vaqtlarda o‘z soatlarini faqat nimcha cho‘ntaklarida olib yurish erakaklar uchun oddiy hol bo‘lib, qo‘liga soat taqib yurish yubka kiyishdan ham dahshatliroq bo‘lgan.

1914 yil boshlangan Birinchi jahon urushi hamma narsani o‘zgartirib yubordi. Misol uchun, uchuvchi uchun kamzulining cho‘ntagidan soat chiqarish unga nihoyatda qiyin edi. Shu bo‘ldi-yu, ofitserlar, otliqlar va aviatorlar o‘z soat va kompaslarini qo‘liga taqa boshladi.

Frontdan uyga qaytgan erkaklar armiya odatiga ko‘ra qo‘l soatlaridan ajralishga shoshilishmadi, ular soatlarini bilaklarida taqishda davom etdi. Boshqa tomondan bu urushdan keyingi egasi jasoratini namoyon qilib turgan “obro‘”ning o‘ziga xos analogi edi.

Shu tarzda sobiq askarlar modani o‘zgartirib yubordi va 1930 yilga kelib, qo‘l soatlari sotuvi cho‘ntak soatlari savdosini ortda qoldirdi.