So‘rovnoma: Faqatgina to‘rtdan bir qism shifokorlar Rossiyada tayyorlangan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishga rozi

“Spravochnik vracha” (“Shifokor ma’lumotnomasi”) ilovasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, Rossiyaning 52 foiz shifokori Gamalei ilmiy tadqiqotlar markazida ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishga rozi emas. Yana 23 foiz shifokor shubhasi borligini bildirgan. So‘rovnomada ishtirok etgan 24 foizdan ortiqroq shifokor ishtirokchi vaksina bilan emlanishga rozi ekanligini bildirgan.

“Nega vaksina bilan emlanishga rozi emassiz?”, degan savolga shifokorlar tomonidan, u juda qisqa vaqt ichida tayyorlangani va uning xavfsizligi to‘g‘risida yetarli ma’lumot mavjud emasligi ta’kidlangan.   

So‘rovnomada 3040 nafar shifokor ishtirok etdi. Natijalar “Meduza” nashriga yuborildi.