Test sinovlari o‘zbek, rus, qoraqalpoq va tojik tillarida o‘tkaziladi
- 24.06.2020 21:45
- 113
- Ta’lim
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazilar edi.
O‘qitish tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish esa ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy imtihonlar asosida amalga oshirilardi.
✅ Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq:
👉 2020-2021 o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida tojik tilida ta’lim olib boriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish imtihonlari ham test sinovlari orqali tashkil etiladi.
👉 Bunda, tojik tilidagi test topshiriqlari xalq ta’limi tizimidagi pedagoglar hamda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibidan shakllantirilgan ekspertlar guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlari doirasida tayyorlanadi.