Toshkent aeroportida “oltin” serviz olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatildi
- 27.11.2019 13:39
- 165
- O‘zbekiston
Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar idishlar to‘plamida 3 kilogramm zargarlik buyumlari borligini aniqlashdi, deb xabar qildi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, shu kunlarda Toshkent xalqaro aeroportida xorijdan uchib kelgan fuqaro K.N.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va u bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada ayol olib kelgan idishlar to‘plamida 3 kilogramm zargarlik buyumlari yashiringanligi aniqlandi.
Hozirgi vaqtda ushbu huquqbuzarlik yuzasidan bojxona surishtiruvi o‘tkazilmoqda.
Teglar:
oltin
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Янги йил қувончи болажонлар қалбида
- Hozirgina
- Samarqand
Pilollik o‘quvchilarga tuhfa
- Kecha, 18:13
- Ta’lim
Zukko shifokor!
- Kecha, 18:11
- O'qing, qiziq!
Yosh iqtidorlardan xalqaro yutuq: IELTSdan 8 ball
- Kecha, 18:07
- Ta’lim