Tramp Eronga urush boshlash haqidagi qarorini so‘nggi daqiqalarda bekor qildi
Ummon qo‘ltig‘ida Eron tomonidan AQShning uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati urib tushirilgandan so‘ng Trampning qattiq jahli chiqqan va AQSh qurolli kuchlariga Fors ko‘rfazidagi barcha harbiy texnikalarni jangovor shay holga keltirish va Eronga hujum boshlash haqidagi buyrug‘ini kutishni buyurgan.
Shundan so‘ng hujum boshlash belgilangan vaqtga sanoqli daqiqalar qolganda Tramp o‘z buyrug‘ini bekor qilgan va Fors ko‘rfazidagi qo‘shinlarning, harbiy texnikalarning jangovor shay bo‘lish holatini bekor qilish haqida buyruq bergan. Bu haqda The New York Times xabar berayapti.
"Rasmiy shaxslarning bizga ma’lum qilishlaricha, Tramp jangovor shaylik haqida buyruq berganida Fors ko‘rfazidagi barcha texnikalar jangovor shay holatga keltirilib, ular Eronga hujum boshlash haqidagi buyruqni kutayotgan bo‘lishgan. Qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar havoga ko‘tarilgan. Kemalar Erondagi turli obe’ktlarni nishonga olishgan. Buyruq bekor qilinganidan so‘ng ular boshlang‘ich manzillariga qaytishgan.
AQShning o‘zida esa buyruqdan xabari bor kongressmenlar, senatorlar, Pentagon rahbariyati, turli yuqori mansabli amaldorlari AQShning Eronga hujum boshlashini kutishgan. Oxirida esa Tramp urushning oqibatlarini o‘ylab qarorini so‘nggi daqiqalarda bekor qildi", deb yozadi nashr.