Tramp va NASA Mars va Oyni "zabt" etmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Milliy Kosmik Tadqiqotlar Administratsiyasi(NASA)ga Mars va Oyni tadqiq etish uchun qo‘shimcha 1.6 milliard dollar ajratish haqida qarorini e’lon qildi.
Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan.
Trampning yozishicha, NASA astronavtlari birinchi Oyni tadqiq etishadi. Keyin esa navbat Marsga.
"Men AQSh kosmosga kengroq miqyosda chiqib borishi uchun har qanday xarajatga tayyorman" deb yozgan u.
NASA direktori D.Braydenstayning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ajratgan pullar, avvalambor, bir erkak va bir ayoldan iborat ekipajni Oyga jo‘natib, ularni muvaffaqiyatli qo‘ndirish uchun sarflanadi.
Avvalroq, AQSh prezidenti ma’muriyati AQSh kosmosni o‘zlashtirish bo‘yicha katta loyihalar tayyorlayotgani, bu loyihalarga ko‘ra oldiniga Oy, keyin esa Mars "zabt" etilishi rejalarini ma’lum qilgan edi.
AQShlik mutaxassislar 2030 yildan kechiktirmay Marsga odam uchirish loyihasi ustida ishlayaptilar.