Tramp Xitoy liderini “qotil” deb atadi va pandemiya uchun tovon to‘lashi kerakligini aytdi
Yakshanba kuni Tramp Fox News telekanali boshlovchisiga bergan intervyusida Xitoy xalq respublikasi dunyo mamlakatlarini koronavirus pandemiyasiga giriftor qilgani uchun tovon to‘lashi kerakligini aytdi.
Szinpin bilan munosabatlari haqida fikr yuritar ekan, Tramp shunday dedi: "Prezident Si bilan do‘stona munosabatda bo‘lganman. U meni xush ko‘rgan va o‘zi ham menga ma’qul kelgan edi".
Teleboshlovchi Mariya Bartiromo sobiq prezidentning gapini “ammo u qotil!” deya bo‘lgan edi, Tramp: "U qotil, lekin men u bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman. COVID-19 paydo bo‘lganda esa… boshqa davr boshlangan edi", dedi Tramp.
Pekin Trampning so‘zlariga keskin munosabat bildirib, ularni tuhmat, xususan, siyosatchining faktlarga qarshi so‘zlarini asossiz, o‘zini esa ikkiyuzlamachi deb javob qaytardi.
«Bunday ikkiyuzlamachi siyosatchilar aybni boshqalarga ag‘darishga qanchalik urinmasin, haqiqiy faktlarni o‘zgartira olmaydi. Tramp bir necha bor pandemiya uchun mas’uliyatni Xitoyga ag‘darishga uringan, biroq bu bilan u doimo AQShda koronavirus tarqalishi uchun birinchi navbatda o‘zi mas’ul ekanini eslatib turgan», deydi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan.