Turkiya sudi va’zxonni 1075 yilga ozodlikdan mahrum qildi
Istanbul sudi taniqli islom va’zxoni Adnan Oktarni aybdor deb topib, 1075 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deya xabar berdi NTV.
Oktar 2019 yil iyul oyida jinoiy tashkilot tuzish, bolalarga jinsiy zo‘ravonlik, jinsiy ekspluatatsiya, o‘g‘irlik, qiynash, zo‘rlash, odam o‘g‘irlash, harbiy va siyosiy josuslik, diniy e’tiqodlardan foydalangan holda firibgarlik va inson hissiyoti, shaxs daxlsizligiga tajovuz, hujjatlarni soxtalashtirish kabi jinoyatlarda ayblanib, hibsga olingan.
Oktar bilan birgalikda ushbu jinoiy ishda 236 kishi turli xil qamoq jazolarini oldi.
Horun Yahyo taxallusi bilan tanilgan Oktar Turkiyada psevdo-ilmiy yo‘nalish yozuvchisi. Siyosiy, diniy va ilmiy-ommabop mavzularga bag‘ishlangan, 76 tilga tarjima qilingan 300 dan ortiq kitob muallifi. Diniy sekta rahnamosi qo‘lga olinishdan oldin o‘z kanalida «Kedicik» ko‘rsatuvi boshlovchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
1986 yilda Oktar «din, diniy his-tuyg‘ular hamda muqaddas qadamjolardan foydalanib, sovet davlatining ijtimoiy, iqtisodiy yoki siyosiy tuzilishini qisman o‘zgartirishda ayblanib, hibsga olingan. O‘shanda sud jinoiy tarkib yo‘q, degan qarorga kelgani bois Oktar oqlanib, hibsdan ozod qilingan edi.
G.Xoldorova tayyorladi.