Turkiyada ikki oylik tanaffusdan so‘ng restoran va kafelar faoliyati tiklandi

Turkiyada koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin 1 iyun sanasidan e’tiboran jiddiy yengillashtirildi. Mamlakatdagi kafe, restoran, savdo markazlari, istirohat bog‘lari, fitnes zallar va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari faoliyati ikki oylik tanaffusdan so‘ng qayta tiklandi. Biroq Ria Novosti nashri muxbirining so‘zlariga ko‘ra, hozircha mijozlar u yerlarga borishga shoshilmayapti.

“Bugungi kun hisobidan bor yo‘g‘i ikki nafar mijoz tashrif buyurdi. Odamlar restoranlarga tashrif buyurishga cho‘chishyapti, shekilli”, dedi Turkiya restoranlari ofitsiantlaridan biri Sardor.

Iqtisodiy inqiroz soyasida yuzaga kelgan mijozlar faolligi ko‘rsatkichlarining tushib ketishi sababli, dushanba kuni Turkiya banklari biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘rtta imtiyozli kreditlar paketi faollashtirilganini e’lon qildi.