Turkiyada o‘zbekistonlik qizning o‘z joniga qasd qilgani bilan bog‘liq holat elchixona nazoratiga olindi
- 26.09.2019 11:54
- 465
- Xorij
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 23 sentyabr kuni Anqara shahrida O‘zbekiston fuqarosi N.Q. vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabarida ma’lum qilingan.
Turkiya OAVlaridagi ma’lumotga ko‘ra, o‘zbekistonlik qiz o‘z joniga qasd qilgan.
Elchixona konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan. Konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng hamyurtimizning jasadi 25 sentyabr kuni “Anqara-Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha vatanga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar bergandik.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa