U hayotining har bir daqiqasini eslaydi: Amerikalik ayol olimlarga kam uchraydigan kasallikni aniqlashga yordam berdi
Har yili olimlar tomonidan yangidan-yangi kasalliklar kashf etiladi va albatta ularga davo topish uchun bu kasalliklar o‘rganiladi. Bugungi maqolada tibbiyot tarixida birinchi marta “favqulodda avtobiografik xotira” yoki “HSAM” tashxisi qo‘yilgan amerikalik ayol haqida to‘xtalamiz.
Oddiy bolalik
Jill Prays 1965 yilning 30 dekabrida Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U sakkiz yarim yoshga to‘lganida, otasi Los-Anjelesdagi «Columbia PicturesTelevision» kompaniyasiga ishlash taklif qilinadi va oila Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu kuni, uning “miyasi singan”.
Xotiralar yuki
Jill Prays HSAM deb nomlanuvchi kasallik tashxisi qo‘yilgan birinchi odam bo‘ldi. Bugungi kunda sayyoramizda yana 60 kishi bunday kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekadi. Bu odamlar o‘tmish hayotlarining aksariyat kunlarini biz yaqin kunlarni eslaganimizdek aniq eslay olishadi.
Prays qaysi sana bo‘lmasin, haftaning qaysi kuni bo‘lgani, o‘sha kun u qayerda bo‘lgani, nima bilan shug‘ullangani va yonida kim bo‘lganini ayta oladi. U hatto 20 yil oldingi xotiralarini ikki kun oldingidek osonlik bilan batafsil eslaydi.
- Mening xotiralarim hayotimning har bir kunidagi videofilm lavhalariga o‘xshaydi, - deb yozadi u. - Bu lavhalar har doim xayolimda yoqilib, meni osonlik bilan o‘sha lahzalarga olib boradi.
Praysning aytishicha, doimo shay holatda turgan haddan tashqari ko‘p xotiralar odamni aqldan ozdirishi mumkin.
Kamdan kam uchraydigan kasallik
Bu og‘ish Kaliforniya universiteti professori, o‘nlab yillar davomida inson miyasini o‘rganib kelgan, 500 dan ortiq ilmiy tadqiqotlarni nashr etgan neyrobiolog Jeyms Makgauni qiziqtirdi. Prays u bilan uchrashganida 34 yoshda edi.
Biroq, Jill bilan uchrashgandan so‘ng, hech qachon bunday alomatlarni kuzatmagan fan mash’ali sarosimaga tushdi. Makgau tyez orada Prays xotirasi chuqurligi va ko‘lamini aniqlash maqsadida neyropsixolog va nevrologlardan iborat guruh tuzdi. Ular Praysning xotira qobiliyati xaritasini tuzib, natijalarni tahlil qilishua kirishdi.
Keyingi besh yil davomida Prays xotira, IQ va o‘rganuvchanlik darajasining standartlashtirilgan testlari, shuningdek, yana bir qator maxsus ishlab chiqilgan testlarni topshirdi.
Miya nomli jumboq
O‘n ikki yil o‘tgach, shifokorlar Jill miyasi qanday ishlashi yechimiga biroz yaqinlashgandek bo‘ldi. O‘sha vaqtga kelib, shunga o‘xshash anomalliklarga ega yana bir nechta odam topildi.
Ammo bu natijalarning hech biri HSAM bilan kasallangan odamlar qanday qilib shunchalik ko‘p narsani eslab qolishga imkon beradigan narsalarni to‘liq tushuntirib bera olmadi.
Bugungi kunda Jill Prays va unga o‘xshash bemorlar ushbu kasallik bilan yashashda davom etmoqdalar. Mablag‘ yetishmasligi sababli uning xotirasi bo‘yicha tadqiqotlar to‘xtatildi. Olimlar endi ilm-fanni moliyalashtirish ommabop emasligidan afsusda.
Amerikalik ayol haqiqatdan chiqib ketmaslikka muvaffaq bo‘lganligi haqida kitob yoza boshladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.