Uch oylik bolani 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
- 29.07.2020 15:30
- 308
- Jamiyat
Toshkent shahar IIBBga fuqaro murojaat qilib, poytaxtda istiqomat qiluvchi 21 yoshli N.F. o‘zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSh dollariga sotayotganini bildirgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, tezkor xodimlar prokuratura vakillari bilan birgalikda tezkor tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirdi.

Natijada, N.F. va u bilan birga yashovchi, 24 yoshli A.Z. chaqaloq evaziga pul olayotganida ushlandi.
To‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirilgan.
Teglar:
bola sotish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kattaqo‘rg‘on shahri taraqqiyoti uchun
- Kecha, 14:49
- Samarqand
She’rlarida qanday bo‘lsa, hayotda ham shunday
- Kecha, 14:48
- Mutolaa