Ukraina NATOga avtomatik ravishda a’zo bo‘lish mumkin. HAMAS garovga olingan to‘rt kishining jasadini topshirdi. Microsoft bir kashfiyot ustida 20 yil ishladi va inqilob qildi

🔹 Agar Rossiya tinchlik shartnomasini buzsa, Ukrainaga xavfsizlik kafolati sifatida NATOga avtomatik ravishda a’zo bo‘lish taklif qilinishi mumkin. NATOga avtomatik ravishda qo‘shilish haqidagi band Kiyev va uning yevropalik ittifoqchilarining Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish vaqtida o‘z kuchini yig‘ib, Ukrainaga yana bostirib kirishi mumkin, degan asosiy qo‘rquviga javob bo‘ladi.

🔹 HAMAS asirlikda halok bo‘lgan to‘rt nafar garovga olingan, jumladan 2 bola jasadini Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirdi. Qizil Xoch tobutlarni qabul qilib, G‘azo sektoridagi Isroil mudofaa armiyasi va Shin Bet rasmiylariga yuborgan.

🔹 Oq uy kuzatuvsiz voyaga yetmagan muhojirlarga huquqiy yordam immigratsiya dasturini tugatdi. Qaror immigratsiya sudida o‘zini himoya qilishi kerak bo‘lgan 26 mingga yaqin bolaga taalluqlidir.

🔹 Eron AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga qaramay, tinch yadroviy dasturini rivojlantirishda davom etadi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravonchi ma’lum qildi.

🔹 Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Bryansk viloyatiga yirik hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda. Ukraina qo‘mondonligi shu yo‘l bilan Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning oldini olmoqchi. Hozirda Ukraina armiyasi Bryansk viloyati bilan chegaradan 50 kilometr uzoqlikda texnika va askarlarni to‘plamoqda.

🔹 AQSh hukumati mart oyida avtomobil, yarim o‘tkazgich, farmatsevtika mahsulotlari va yog‘ochga import bojlari joriy etadi.

🔹 Aksariyat Yevropa yetakchilari Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq bunga qarshi bo‘lgan davlatlar ham bor. Ukraina prezidenti Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvdan so‘ng aytishicha, Vengriya, Slovakiya, Germaniya va AQSh Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi.

🔹 AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pentagonga kelgusi besh yil davomida mudofaa byudjetini har yili 8 foizga qisqartirish rejasini ishlab chiqishni buyurdi. Nafaqat byudjet, AQSh pozitsiyasi ma’muriyat siyosatiga zid bo‘lgan bir qator general va admirallarni ham qisqartirish masalasini ko‘rmoqda.

🔹 Fransiya Milliy Assambleyasi, parlamentning quyi palatasi, Fransua Bayru boshchiligida 2024 yil dekabrida tuzilgan hukumatga ishonchsizlik votumining oltinchi marotaba o‘tkazilishini rad etdi. Rezolyusiyani yoqlab 289 o‘rniga 181 ovoz berilgan.

🔹 Tramp Zelenskiyni diktator deb atadi va uni urushdan moliyaviy foyda olayotganlikda aybladi. Donald Tramp fikricha, Zelenskiy “g‘alaba qilib bo‘lmaydigan va boshlanmasligi kerak bo‘lgan” urushga AQShni 350 milliard dollar sarflashga “ko‘ndirgan”.

🔹 Microsoft dunyodagi birinchi yuqori o‘tkazgichlarda kvant chipi yaratdi. Ma’lumki, moddaning uchta holati mavjud: qattiq, suyuq va gazsimon. Endi yangisi qo‘shildi – topologik. Microsoft 20 yil davomida ushbu kashfiyot ustida ishladi va materiallarning yangi sinfini - topoo‘tkazgichlarni yaratdi. Ular termodinamika yoki elektrodinamika kabi an’anaviy fizika qonunlariga bo‘ysunmaydigan topologik kubitlarni yaratishga imkon beradi. Bu zamonaviy superkompyuterlar ming yilda bajarishi mumkin bo‘lgan vazifani hal qilishga qodir, million kubitli kvant kompyuterini yaratish imkonini beradi. Korporatsiya barcha mavjud kompyuterlarni birlashtirgandan kuchliroq kaft o‘lchamidagi chip ustida ish olib bormoqda.

G.Xoldorova tayyorladi.