Ukraina Radasi deputatlari yig‘ilishga Belarus muxolifati bayroqlarini olib kelishdi
- 05.09.2020 09:30
- 118
- Xorij

Ukraina yuqori Radasi spikeri Dmitriy Razumkov parlament yig‘ilishiga deputatlar tomonidan olib kelingan Belarus muxolifati bayroqlarini yig‘ishtirib olishni so‘radi. Bu haqda 4 sentyabr kuni RIA Novosti xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, deyarli barcha (“Xalq xizmatkorlari”, “Yevropa birdamligi”, “Batkivshinlar”, “Ovozlar” va “Kelajak uchun”) parlament fraksiyalari deputatlari 4 sentyabr kuni Belarusdagi namoyishchilarni qo‘llashlarini bildirib, parlamentga oq-qizil bayroqlar olib kelishgan. Faqatgina “Hayot uchun - muxolifat platformasi” fraksiyasi ushbu tadbirda ishtirok etmagan.
Deputatlar minbarda chiqish qilganlaridan so‘ng Rada spikeri hamkasblaridan parlamentdan oq-qizil bayroqlarni yig‘ishtirib olishni so‘ragan.
“Hamma bayroqlarni ko‘rdi, iltimos, yuqori Radada birinchi navbatda Ukraina davlat bayroqlari bo‘lsin. Bayroqlarni yig‘ishtirib oling”, dedi Razumkov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dabdabali to‘y kattalarga kerakmi, yoshlarga?
- 25 daqiqa avval
- Jamiyat
Telefon – enaga, internet – tarbiyachi(mi?)
- 29 daqiqa avval
- Jamiyat