Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi matbaa urushi davom etmoqda
- 03.05.2019 17:49
- 97
- Xorij
2019 yilning boshidan beri qariyb yarim millionta kitob Rossiyadan Ukrainaga olib o‘tishda ushlab qolindi, deb xabar bermoqda TASS.
Ukrainada, 2017 yildan beri "Ukrainaga qarshi bo‘lgan xorij bosma manbalarini olib kirishni taqiqlash" haqidagi qonun amal qilayapti.
Ana o‘sha qonunga binoan yilning boshidan beri 400 ming nusxadan ortiq kitob Rossiyadan Ukrainaga olib kirishda to‘xtatib qolingan. Bu haqda Ukraina televideniyasida gapirilgan.
"Joriy yilning 1-choragida ekspertlarimiz xulosasiga tayanib, Rossiyadan Ukrainaga olib kirilishi lozim bo‘lgan 420 ming kitobni ushlab qoldik, shuningdek 82 ta holatda kitob olib kirishni rad etdik", deb keltirmoqda manba ekspert so‘zlarini.
2017 yil may oyidan 2019 yilning fevral oyigacha umumiy hisobda turli bosma nashrlarni Rossiyadan olib kirish uchun so‘ralgan 2 mingdan ortiq murojaat rad etilgan.