Ukrainada Rossiya bilan mojarolar tufayli qancha zarar qilingani aytildi

Ukraina Rossiya bilan kelishmovchiliklar ortidan salmoqli summalarda mablag‘ yo‘qotgan. Bu haqda Transport vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Chervonenko "112 Ukraina" telekanalidagi ko‘rsatuvda ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, mojarolar boshlanguncha Xitoydan Yevropaga borayotgan poyezdlar asosan Ukraina hududidan o‘tgan va Ukraina bundan katta foyda olgan. Rossiya bilan mojarolar boshlangandan keyin endi Xitoy poyezdlari Belorussiya orqali o‘tmoqda.

"Biz 2014 yildan beri, Rossiya bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘xtab qolishi ortidan  birgina transport tranziti ortidan 30 mlrd dollar mablag‘ ishlab olishdan mahrum bo‘ldik", degan Chervonenko.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar 2014 yilda yomonlashdi. Shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar uzilib qoldi.