Ukrainada sobiq prezident Poroshenkoga nisbatan uchinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
- 25.05.2019 12:01
- 217
- Siyosat
Ukrainada sobiq prezident Petr Poroshenkoga nisbatan uchinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda juma kuni huquqshunos Andrey Portnovga tayanib RIA Novosti xabar berayapti.
Bu safar huquqni himoya qilish organlari Poroshenkoni "Kuznya na Ribalskom" zavodining sotilishi ortidan 300 million dollarni noqonuniy o‘zlashtirish, soliqdan yashirish va jinoiy daromad qilish faktlari bilan ayblab jinoiy ish ochgan.
Avvalroq Poroshenkoga nisbatan ikkita holat bo‘yicha ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Poroshenkoning o‘zi hamma ayblovlarni rad etmoqda va "men hamma ayblovlar bo‘yicha javob berishga tayyorman" degan.
Teglar:
Ukraina