Ukrainada sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
- 09.07.2020 09:50
- 31
- Xorij

Ukrainaning Lugansk viloyatidagi o‘rmon yong‘ini oqibatida 110 ta uy yonib ketdi va 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 6 iyul kuni Oskolonovka va Kapitanovo qishloqlari hududida qurigan xashakning alanga olishi sababli o‘rmon yong‘ini yuzaga kelgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, alanga Smolyaninovo qishlog‘ini qurshab olgan.
Ukraina Ichki ishlar vaziri Arsen Avakovning so‘zlariga ko‘ra, mingdan ortiq qutqaruvchi va 500 dan ortiq politsiya xodimi yong‘in hududida qutqaruv ishlarini amalga oshirmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa