"Uz Auto Motors”ga ishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgar ayollar qo‘lga olindi
- 28.04.2020 16:34
- 171
- Jinoyat va jazo
2020 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar 37 yoshli M.I. va 45 yoshli Z.K.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 3 nafar fuqaroga Asaka tumanida joylashgan “Uz Auto Motors” AJga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ishonchga kirib, jami 6.450 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan va o‘zlarining ehtiyoji uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.I. va Z.K.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Teglar:
firibgarlik