“Vatan uchun yashaylik!” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekiston!” shiori ostida ona diyorimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi yo‘lidagi ulug‘vor yangilanishlar, zamondoshlarimizning yorqin siymolari aks etgan, yuksak mahorat bilan yozilgan badiiy-publitsistik maqola, ocherk, nasriy va she’riy yo‘nalishdagi eng sara asarlar uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan e’lon qilingan “Vatan uchun yashaylik!” IX Respublika tanlovi yakunlandi.
Quyida g‘oliblar bilan tanishing:
1 o‘rin
Orziqul Ergashev – “Qalb gavhari” hamda “Yulduzsiz osmon” to‘plamlari uchun
2-o‘rin
Xosiyat Bobomurodova – “Taqiqli kunlar” she’riy kitobi uchun.
Sobir O‘nar – “Kunsulovning sirli xatlari” hikoyalar to‘plami uchun.
3-o‘rin
Muhammadali Qo‘shmoqov – “Dam bu dam...” she’riy kitobi uchun.
Alp Sulton (Alpisbay Sultonov) – qoraqalpoq tilidagi “Yo‘qotilmagan uzuk” hikoyalar kitobi uchun.
Mehribon Abdurahmonova – “Mirzacho‘lnoma” publitsistik to‘plami hamda matbuotda e’lon qilingan badiiy publitsistik maqolalari uchun.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar
Asadullo Shukurov – Erkin Vohidovning “Donishqishloq hangomalari” to‘plamining tojik tiliga tarjimasi uchun.
Inobat Ibragimova – harbiylar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan “Keling, kitob o‘qiymiz” ruknidagi turkum maqolalari uchun.
Turob Niyoz – “Orzuli dunyo” she’riy kitobi uchun.
Abdulla Ayizov – matbuotda e’lon qilingan nasriy va badiiy publitsistik asarlari uchun.
Obodon Turdimurodova – “Muhabbat qirg‘og‘i” she’riy kitobi uchun.