Viloyat Kengashining 63-sessiyasi 13 may kuni o‘tkaziladi
Viloyat hokimi E.Turdimov 2022 yil 6 may kuni "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, viloyat Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi 2022 yil 13 may kuni soat 9:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masala kiritilgan:
- viloyat hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar masalalari boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Z.Rahmonovaning viloyatda xotin-qizlar muammolarini hal etilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida hisoboti;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Umarovning yoshlar va voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar hamda belgilangan vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi rahbari M.Turdiyevning sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;
- viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Z.Jamolovning “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;
- viloyat byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasi nizomi va tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi “Mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5230-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2022 yil I chorak yakuni bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini ko‘rib chiqish va baholash to‘g‘risida;
- Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.