Viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi 15 noyabr kuni o‘tkaziladi
Viloyat hokimi E.Turdimov 2022 yil 7 noyabr kuni "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, yetmish oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, viloyat Kengashining yetmish oltinchi sessiyasi 2022 yil 15 noyabr kuni soat 10:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masala kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosi yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Mamatovning hisoboti haqida;
- Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 apreldagi “2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilovning hisoboti haqida;
- viloyatda davlat byudjeti va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining III chorak yakuni bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning hisoboti haqida;
- xalq ta’limi tizimini 2022 yilda rivojlantirish bo‘yicha viloyat dasturi ijrosi yuzasidan Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi rahbari A.Ibragimovning hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “2022-2026 yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori asosida ajratilgan respublika byudjeti mablag‘larining 2022 yilda iqtisod qilingan qismini viloyatda ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirish to‘g‘risida;
- Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 noyabrdagi “Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bilan viloyat aholisi turmush sharoitini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi doirasidagi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi, gaz ta’minoti va boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda modernizatsiya qilish ob’yektlariga bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- 2022 yil III chorak yakunlari bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligi natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatidagi ayrim nomsiz aholi punktlarini nomlash to‘g‘risida;
- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyati mahalliy byudjetning 2022 yil xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- viloyatda ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish uchun “Milliy bank”AJ tomonidan kredit mablag‘lari ajratishga kafolat berish to‘g‘risida.