Viloyat Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi boshlandi

Ayni paytda viloyat hokimligida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Abilovning “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari sun’iy o‘sishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida”gi hisoboti;

- viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Norqo‘ziyevning “Viloyatda 2021 yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ularning faoliyatini takomillashtirish, belgilangan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

- viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Z.Ergashevning “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning

2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining ijro etilishi holati to‘g‘risida”gi hisoboti;

- boshqa masalalar.