Viloyat Kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi boshlandi
Ayni paytda viloyat hokimligida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttiz uchinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha viloyatda olib borilayotgan ishlar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xo‘jamberdiyevning hisoboti;
- Ishtixon tumani hokimi Sh.Negmatovning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni (129-bandi) ijrosi yuzasidan viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i E.Toshmurodovning hisoboti;
- boshqa masalalar.