Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 47-sessiyasi 12 noyabr kuni o‘tkaziladi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 2021 yil 2 noyabr kuni "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq qirq yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq yettinchi sessiyasi 2021 yil 12 noyabr kuni soat 09:00 da chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyevning joriy yilning 9 oyi davomida viloyatdagi sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Negmatovaning “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning ijrosi yuzasidan axboroti;

- viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisoboti;

- viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inog‘omovning mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti.

- viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i A.Umarovning fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo‘yicha axboroti.

- boshqa masalalar.