Xalq deputatlari viloyat Kengashining 98-sessiyasi 26 aprel kuni o‘tkaziladi
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bugun, 19 aprel kuni "Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq to‘qson sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq to‘qson sakkizinchi sessiyasi 2024 yil 26 aprel kuni chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 oktyabrdagi “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori K.Yusupovning hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) mintaqaviy vakili D.Husanovning 2023 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida axboroti;
- hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida;
- Past Darg‘om tumanidagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hududi (chegarasi)ga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini ko‘chaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan viloyat hokimi o‘rinbosarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2024 yil I chorak ijrosi hamda II, III, IV chorak rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 10 fevraldagi qaroriga asosan 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini 2024 yilda viloyatda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.