Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi 21 oktyabr kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- viloyat sudi raisi O.Hayitovning viloyat sudining 2022 yil 9 oyi davomida fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida;

- viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2022 yil 13 sentyabrdagi “Navoiy va Samarqand viloyatlarida yangi  ish o‘rinlarini yaratishda va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari to‘g‘risida”gi SQ-614-IV-sonli qarori ijrosi yuzasidan hisoboti haqida;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 apreldagi “2022-2026 yillarda Samarqand viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 222-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning hisoboti haqida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qarorining ijrosi yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inog‘omovning hisoboti haqida;

- viloyatda davlat byudjeti va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining III chorak yakuni bo‘yicha ijrosi to‘g‘risida viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning hisoboti haqida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi VI-53-126-7-0-K/21-sonli “Samarqand viloyati mahalliy byudjetning 2021 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2022 yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 18 iyuldagi “Viloyatda 2023 yilda qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladigan ob’yektlarning maqsadli parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-67-148-7-0-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

- Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Li Xiangrun (Li Xiangrun)ga “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.