Xitoyda pensiya jamg‘armasi yo‘q, ammo pensiya bor
Ha, shunday. Hammasi oddiy: xitoyliklardan pensiya uchun ish haqidan ma’lum summa ushlab qolinadi va bu pul uning hisobiga o‘tadi. Lekin xitoylik pensiyaga chiqmaguncha yig‘ilgan pulni ololmaydi. Agar u pensiyagacha vafot etsa, hisobidagi pul uning merosxo‘riga o‘tadi. XXRda umummilliy pensiya jamg‘armasi yo‘q, ammo mintaqalar darajasida jamg‘arma bor. Amalda 3 xilda, ya’ni shaharda, qishloqda va davlat xizmatchilari pensiyasi mavjud. Ular turli tartiblarga asosan shakllanadi. Boy o‘lkalarda pensiya kambag‘allardagiga nisbatan 8 marta ko‘p bo‘lishi mumkin.
Shaharliklar oladigan pensiya keng tarqalgan. Ish beruvchi mintaqa pensiya jamg‘armasiga ish haqining 16 foiz miqdorida badal o‘tkazadi, yana ishlovchining o‘zi ish haqidan 8 foiz badal to‘laydi. Keyinchalik bu pensiyaga chiqqan fuqaroning davlat pensiyasiga qo‘shimcha hisoblanadi.
Lenin haykaliga tegishmadi
Amerikada irqchilikka qarshi norozilik bildiruvchilar haykallarni ag‘darib tashladilar. Ulardan AQShning asoschi otalaridan biri, surati ikki dollarlik pulga muhrlangan, Portlend shahridagi Tomas Jefferson haykali ham omon qolmadi. Sent-Pol shahridagi Kolumb haykali ham zararlandi. Ammo Sietldagi Leninning 5 metrlik, og‘irligi 7 tonna bo‘lgan haykaliga hech kim tegmadi. Bu haykal Chexoslovakiyaning Poprade shahrida 1989 yilda namoyish etilgandi. Amerikalik Lyuis Karpenter qarzga botib bo‘lsa ham uni mahalliy hukumatdan 13 ming dollarga sotib olgan va yana 42 ming dollar transportga to‘lagan holda Ilichni o‘z hovlisi orqasiga keltirib o‘rnatgan edi. Lyuis 1994 yilda avtohalokatda halok bo‘lgach, yodgorlik Sietlning qashshoqlar yashaydigan hududiga olib kelindi.
“AIF” (2020 yil. 27-son)dan
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.