Xo‘jaqishloqdagi elektr muammosiga yechim topildi
Toyloq tumani Xo‘jaqishloq mahallasi aholisi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha qilingan murojaat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Muammo xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova tomonidan deputatlik nazoratiga olinib, doimiy komissiya muhokamasiga hamda tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. Natijada aholini qiynab kelayotgan masala yuzasidan aniq qaror qabul qilinib, mahallaga zarur elektr uskunalarini yetkazib berish choralari ko‘rildi. Deputat tashabbusi bilan saylov okrugidagi Xo‘jaqishloq mahallasiga quvvati 100 kVt bo‘lgan yangi transformator olib kelinib, o‘rnatildi.
Mazkur transformator Oliy Majlis Senatining tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi sessiyasi qarori bilan orttirilgan mablag‘lar hisobidan xarid qilindi va mahallaga yetkazib berildi.
E’tiborli jihati, ushbu xayrli ish mahalla faollarini ham ruhlantirdi. Ular tashabbusi bilan yana quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator olib kelinib, elektr tarmog‘ini yanada mustahkamlash ishlari boshlab yuborildi.