Xorij voqealari qisqa xabarlarda: AQSh Isroil bosh vazirini himoya qilish maqsadida Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchi

🔹 Ukraina dronlari Rostov viloyatidagi eng yirik Novoshaxtinskiy neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi. Hujum zarari hozircha noma’lum, biroq yong‘in ko‘lami va jiddiy ekani aytilmoqda. Aytilishcha, bunday ob’yektlarning shikastlanishi neft qazib olish va eksportini izdan chiqarib, Rossiyaning energiya daromadlarini kamaytiradi, bu, ayniqsa, harbiy harakatlar sharoitida qo‘shimcha logistika qiyinchiliklarini keltirib chiqaradi.

🔹 Yamandagi husiylar tijorat kemalariga hujum qilishda davom etmoqda. Ular so‘nggi bir kunda uchta savdo kemalariga hujum qilishgan. Xusiylar vakili Yahyo Sariyaga kemalar bosib olingan Falastin portlariga o‘tish taqiqini buzganini ma’lum qilgan.

🔹 Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qurolli kuchlar Livan bilan chegarada keng ko‘lamli harbiy amaliyotlar o‘tkazishga tayyorligini aytdi. So‘nggi kunlarda chegarada o‘zaro hujumlar kuchaygan. Vaziyatni Isroil shimolidagi o‘rmon yong‘inlari yanada og‘irlashtirmoqda. Isroil rahbariyatida Hizbulloh harakati bilan keng qamrovli urushga chaqirayotganlar ko‘payib bormoqda.

🔹 Angliya banki 5 iyun kuni qirol Charlz III portreti tushirilgan yangi banknotlarni muomalaga chiqardi. “Biz birinchi marta banknotlarimizdagi suveren portretni o‘zgartirmoqdamiz”, deyiladi xabarda. Suveren portret birinchi marta 1960 yilda, Yelizaveta II taxtda bo‘lganida qog‘oz funtlarga bosilgan. Charlz III banknotlarda portreti aks etgan ikkinchi Britaniya monarxiga aylandi.

🔹 Atrof-muhitda qancha plastik to‘planganini BMT ma’lum qildi. 1950 yillarning boshidan buyon dunyoda yarim milliard tonnaga yaqin plastmassa ishlab chiqarildi. Va afsuski, hozirgi vaqtda bu plastmassaning 90 foizi atrof-muhitda qolmoqda. Ba’zi ilg‘or mamlakatlar plastmassaning katta qismi qayta ishlanganini da’vo qilishlariga qaramay, dunyoda plastmassaning 10 foizidan ko‘pi qayta ishlanmaydi. Ishtirokchi davlatlar BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi homiyligida plastik ifloslanishga qarshi kurashni boshlaydigan konvensiya yaratish ustida ishlamoqda.

🔹Yevropa Ittifoqi noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan keyin Qo‘shma Shtatlar Kiyevga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatishiga tayyor bo‘lishi kerak, deb yozadi Fransiyaning Le Monde gazetasi.

🔹AQSh Isroilni himoya qilish maqsadida Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchi. Sazkur sanksiya Xalqaro jinoiy sud prokurori Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish uchun order berishni talab qilganidan so‘ng ishlab chiqilgan.