Xorij voqealari qisqa xabarlarda: AQSh Kongressi "milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid" haqida xabar berdi

🔹 AQSh Kongressi "milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid" haqida xabar berdi. NBC News bu Rossiyaning kosmosdagi yadro quroli bilan bog‘liqligini da’vo qilmoqda.

🔹 Janubiy Koreya Ukrainaning idoralararo donorlarni muvofiqlashtirish platformasiga qo‘shildi. Seulning ta’kidlashicha, platforma 2023 yil yanvarida yaratilgan maslahat organi bo‘lib, Ukraina iqtisodiyotini tiklashga ko‘maklashish va G7 mamlakatlari rahbarligida ishlashga mo‘ljallangan. Platformada Yevropa Komissiyasi, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham ishtirok etadi.

🔹 Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, u Rossiya va Ukrainani tinchlik muzokaralariga qaytishga majburlash uchun ikki tomonga bosim o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ukrainaning muzokaralarga qaytish qaroriga AQSh harbiy yordamni to‘xtatishi ta’sir qilishi yoki aksincha, Rossiyaga Qo‘shma Shtatlar tomonidan Kiyevni qo‘llab-quvvatlash kuchayishi bilan tahdid qilishi mumkin.

🔹 Marmara dengizida turk bayrog‘i ostidagi yuk kemasi bortida olti nafar dengizchi bilan cho‘kib ketdi. Ularni qidirish boshlangan.

🔹 Ummondagi suv toshqini qurbonlari soni 4 nafarga yetdi, ulardan uch nafari bolalar. Arab sultonligida dushanba kuni kuchli yomg‘ir yog‘di va bir necha kun davom etib, suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Toshgan daryolar asosiy yo‘llarni bosib, o‘nlab qishloqlarni tashqi dunyodan uzib qo‘ygan.

🔹 Hindistonlik ayol krematsiyasi paytida o‘ziga keldi. Tirik ekanligini bilmay yoqib yuborilgan berxampurlik 52 yoshli Buji Aamma terisining 50 foizi kuyishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Uning turmush o‘rtog‘i to‘shakda hayot belgilarisiz yotgan ayoliga xayrlashuv marosimini uyushtirgan. "Marhum" dafn gulxanida kuya boshlaganida birdan o‘ziga kelgan.