Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Eron uranni boyitmoqda. Kipr NATOga kirish arafasida. Birinchi robot-o‘qituvchi ishga tushdi
🔹 Eron uranni boyitish uchun yangi sentrifugalarni ishga tushirdi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibaf ma’lum qildi. Uranni boyitish uchun sentrifugani ishga tushirish - yadro qurolini yaratish uchun zarur qadamlardan biridir.
🔹 Vilnyusda samolyot qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va og‘ir tan jarohati oldi. Halokatga uchragan DHL samolyoti “omadli tasodif tufayli” turar-joy binosiga urilmagan. Bir ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.
🔹 Turkiyadagi birinchi sun’iy intellektga ega inson shaklidagi robot "Ada" Balikesirdagi muassasada o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi.
🔹 Gruziyada joriy yilda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi e’lon qilindi. Saylovning e’lon qilinishi mamlakatdagi siyosiy vaziyatga yangi keskinlik qo‘shdi. Ayni paytda Tbilisida parlament saylovlari natijalariga rozi bo‘lmagan muxolifat namoyishlari davom etmoqda. Bugun yangi chaqiriqning birinchi majlisi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan parlament binosiga politsiyaning maxsus texnikasi yig‘ilgan.
🔹 Yaponiyalik olimlar dengiz suvida butunlay parchalanadigan yangi plastmassa yaratishdi. Yangi material noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan supramolekulyar polimerlarga asoslangan. Ushbu polimer tuzli suv ta’sirida osongina yo‘q bo‘ladi, plastmassa parchalanib, ozuqa moddaga aylanadi, yonuvchan va zaharli emas.
🔹 Qozog‘iston o‘z hududi orqali Rossiya gazining Xitoyga tranzitini ta’minlashga tayyorligini bildirdi.
🔹 Misrning Marsa Alam kurorti yaqinida bortida 31 nafar sayyoh bo‘lgan yaxta cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda Metro. Bortda jami 45 kishi bo‘lgan: 31 yo‘lovchi va 14 ekipaj a’zosi.
🔹 Hindistondagi namoyishlar chog‘ida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Sambhal shahrida internet to‘xtatilgan, barcha maktablar yopilgan, shaharga maxsus ruxsatsiz kirish taqiqlangan. Tartibsizlikla rasmiylar qadimiy Shohi Jama masjidini tekshirishga politsiya hamrohligida kelganidan keyin boshlangan.
🔹 Pokistondagi mazhablararo to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 50 dan oshdi. Pokistonning Kurram viloyatida qurollangan sunniy va shia guruhlari o‘rtasida mazhablararo to‘qnashuvlar davom etmoqda. Bundan tashqari Pokiston hukumati mamlakatda mobil aloqa va internetdan foydalanish imkoniyati cheklangan. Cheklovlar hozir qamoqda o‘tirgan sobiq bosh vazir Imron Xonni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ommaviy norozilik namoyishlari qo‘rquvi fonida amalga oshirilgan.
🔹 Hindistonda yo‘lbars 55 yoshli fermerni g‘ajib tashladi. Hujum Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan. Kandxay ismli erkak o‘z dalasiga o‘sayotgan shakarqamishni sug‘orish uchun kelgan. Patrullar yo‘lbarsga tuzoqlar o‘rnatgan.