Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Kiyev Moskva hujumidan himoya panjarasi qurmoqda. Rossiya Markaziy Osiyo muhojirlarini ommaviy tekshirmoqda
🔹 Turkiya bu yil Qo‘shma Shtatlarga eng ko‘p artilleriya snaryad sotuvchisi bo‘lish yo‘lida. Pentagon Turkiyaning "Arca Defense" kompaniyasidan 116 ming tayyor o‘q-dori sotib olgan va portlovchi moddalar xaridini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
🔹 Kiyev Moskvaning yangi hujumini kutib, hududni ushlab turish uchun 2000 kilometrli istehkomlar qurmoqda. Rossiya qo‘shinlari Ukrainada kamayib borayotgan artilleriya va o‘q-dorilardan foydalanmoqda, ammo ishonchli, ko‘p qatlamli mudofaa chizig‘ining yo‘qligi Rossiya armiyasining 1000 kilometrlik front chizig‘i bo‘ylab ishonchli tarzda oldinga siljishi va hududlarni egallab olishining yana bir sababidir.
🔹 Pashinyanning rafiqasi bilan xayriya kechki ovqatga chipta 2,5 ming dollar turadi. Ular tushumlar Armaniston mintaqalarida intiluvchan ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga va’da bermoqda.
🔹 Kreml telegramni “terrorchilar qo‘lidagi vosita” deb atadi. Telegram yaratuvchisi Pavel Durov messenjerdan terroristik maqsadlarda foydalanilishini diqqat bilan kuzatishi kerak, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
🔹 Turkiya aholisining 71 foizi 10 ming dollardan kam boylikka ega.
🔹 Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shrederning fikricha, uning Putin bilan do‘stligi Ukrainadagi urushni tugatishga yordam beradi. "Biz ko‘p yillar davomida yaxshi ishladik. Balki bu hali ham muzokaralar stolida yechim topishga yordam berishi mumkin, chunki boshqa yechim yo‘q», degan u intervyuda.
🔹 Rossiyadagi xorijlik ishchilar «Krokus Siti Xoll»dagi fojiali voqealardan so‘ng xavfsizlik kuchlarining diqqat markazida. Iste’mol sektori va qurilish sanoati korxonalarida Markaziy Osiyodan kelgan fuqarolarni tekshirish kuchaytirilgan. 22 mart kuni kechqurun Krasnogorskdagi konsert zalida terakt sodir etildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, avtomatlar bilan qurollangan to‘rt kishi odamlarga qarata o‘q uzgan, keyin konsert maydoni ichida hujumni davom ettirgan. Ma’lum bo‘lishicha, hujum uyushtirgan terrorchilar “Islomiy davlat”ning afg‘on qanotiga qarashli “Sadoi Xuroson” (“Xuroson ovozi”) telegram kanali orqali yollangan.
🔹 Terror tashkilot deb topilgan 20 ga yaqin Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tarafdorlari terrorchi Firaz Korkmazning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga qarshi chiqqan Parijdagi Charles de Goll aeroporti xodimlariga hujum qilgan. Aeroportning uch xodimi jarohatlangan.
🔹 Isroil G‘azo sektorida falastinliklarni ommaviy kuzatish uchun yuzni tanish tajriba tizimini joriy qildi. Ushbu eksperimental texnologiyadan falastinliklarning xabari yoki roziligisiz ommaviy kuzatuv o‘tkazish, ularning yuzini xotiraga yig‘ish va kataloglashtirish uchun foydalanilmoqda.
🔹 Germaniya kansleri Shols Berlin yaqinida terakt sodir etilganini ma’lum qildi. Brandenburgdagi Tesla elektromobil zavodi yaqinidagi podstansiyaga o‘t qo‘yishi terrorchilik aktidir, dedi u. 5 mart kuni zavodga atrof-muhit faollari tomonidan o‘t qo‘yilgan. Keyinchalik, chap qanot deb tasniflangan «Vulkan» guruhi voqea uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.
G.Xoldorova tayyorladi.