Xorij voqealari qisqa xabarlarda: NATO Rossiya bilan urushmoqchi emas. BMT Falastinning tashkilotga a’zolik arizasini qabul qildi, Zelenskiy: "AQSh yordamisiz Ukraina urushda yutqazadi"

🔹 Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida qatnashishdan bosh tortdi. Ushbu uchrashuv 12 aprel kuni Minskda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

🔹 Somali prezidentining qarorgohi tunda minomyotdan o‘qqa tutildi. Shahar ko‘chalarida zirhli mashinalarda harbiylar patrullik qilmoqda. AQShning Somalidagi elchixonasi vatandoshlarini terrorchilik hujumlari haqida ogohlantirmoqda.

🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, agar Amerika Kongressi mamlakatga harbiy yordam bermasa, Kiyev urushda yutqazadi. «Agar Kiyev urushda mag‘lub bo‘lsa, boshqa davlatlar ham tahdid ostida qoladi», deydi u.

🔹 NATO davlatlari Rossiya bilan harbiy mojaroga kirishmoqchi emas, shuning uchun alyansning hozirgi maqsadi “bunday urushni ushlab turishdir”, deydi NATO kuchlarining Yevropadagi bosh qo‘mondoni Kristofer Kavoli. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg esa alyans Rossiya bilan urush qidirmaydi, biroq blok o‘nlab yillar davom etishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilikka tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.

🔹 Xitoy rahbari Si Szinpin Pekinda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

🔹 BMT Xavfsizlik Kengashi Falastinning tashkilotga a’zo bo‘lish arizasini qabul qildi. Falastin endi doimiy kuzatuvchi maqomiga ega. Mamlakat 2011 yilda BMTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. Isroil Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo davlat sifatida qabul qilinishiga qarshi.

🔹 Yaponiya Bosh vaziri Kisida Fumio AQShga tashrif buyurdi.

🔹 Qozog‘istonda 25 mingdan ortiq ko‘ngilli suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam bermoqda. Suv toshqini zonalaridan 76 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.

🔹 Kreml Litvada nemis qo‘shinlarining kiritilishi tufayli asabiylashmoqda. Rossiya Litvaga 20 ga yaqin nemis askarini yuborishi va Germaniyaning mamlakatda harbiy baza ochish rejalariga javoban "maxsus choralar" ko‘rishi haqida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. O‘tgan yil oxirida Litva Germaniya bilan 2027 yilgacha mamlakatga 4800 nafarga yaqin askardan iborat nemis harbiy brigadasini yuborishga kelgan. Bu chora Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash uchun zarur edi.

🔹 Qozog‘istonda suv toshqini tufayli 20 ga yaqin kuydirgidan nobud bo‘lgan qoramol qabristonini suv bosdi. Hududlardagi chorva mollari veterinariya xizmati nazoratida deya ishontirmoqda rasmiylar. Ya’ni, qoramollar ko‘milgan joylar yopiq va doimiy nazorat ostida. Kuydirgidan nobud bo‘lgan hayvon yoqib yuboriladi, kul esa beton sarkofag hosil qilish uchun ko‘milib, atrofiga dezinfeksiyalash vositalari sepiladi.

G.Xoldorova tayyorladi.