Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Tramp “Shimoliy oqim-2”ni “o‘ldirgan”ini aytdi. Eron yaqin kunlarda Iroqdan Isroilga zarba berish niyatida

🔹 Donald Tramp Taker Karlsonga intervyu berdi. Unda Tramp o‘zini "Rossiyaning do‘sti" deb ataydiganlarni kasal deb atadi. Shuningdek, u “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri loyihasini o‘zi vayron qilganini tan oldi. “Ular doim meni Rossiya tarafdoriman, u uchun ishlayman, hatto rus josusiman, deyishadi. Bu shunchaki absurd. Rossiyaning eng yirik loyihasi, Rossiyadan Germaniyaga boradigan eng yirik gaz quvuri - "Shimoliy oqim-2". Men bu loyihani to‘xtatdim va bu mening xizmatlarim”, dedi AQSh prezidentligiga nomzod Taker Karlsonga bergan intervyusida.

🔹 2024 yil so‘zining ta’rifi: ishonchli, mustaqil va gedonistik munosabat (zavqlanishga intilishni eng oliy qadriyat deb hisoblaydigan falsafiy tushuncha) bilan tavsiflanadi. Bu so‘z qo‘shiqchi Charli XCXning xuddi shu nomdagi albomi chiqishi tufayli Buyuk Britaniyada keng qo‘llanila boshlandi. Ijtimoiy-filologik tadqiqot mualliflarining fikricha, sifatdosh jiddiylik va beqarorlikni anglatuvchi “madaniy fenomen”ga aylangan.

🔹 Turkiya 2025 yilga qadar gaz xabini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, bu esa mintaqadagi asosiy energiya "o‘yinchisi" sifatidagi mavqeini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

🔹 Yevropa Ittifoqi aholisiga urush yoki favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat va zarur narsalarni zaxiralashni tavsiya etadi. Bunday ogohlantirish Yevrokomissiya prezidenti maslahatchisi, Finlandiya sobiq prezidenti Sauli Niinistyo tomonidan tayyorlangan Yevropa fuqarolik va harbiy tayyorgarligi haqidagi hisobotda keltirilgan.

🔹 Gretsiya Iqlim va fuqarolik muhofazasi vazirligi yaqinida mavsumiy o‘t o‘chiruvchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lib, ikki o‘t o‘chiruvchi va 12 politsiyachi jarohat olgan.

🔹 Polshaning “Sharq qalqoni” dasturi doirasida Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada mudofaa istehkomlari chizig‘ini qurish ishlari boshlandi. Yakunlash 2028 yilga mo‘ljallangan. Belarus va Rossiya bilan chegaradosh 800 kilometr zonada ariqlar, minalangan maydonlarni joylashtirish, tanklarga qarshi "tipratikan"larni o‘rnatish va faol kuzatuv tizimini yaratish rejalashtirilgan.

🔹 Olimlar jumaga o‘tar kechasi kechqurun Quyoshda eng yuqori X sinfidagi yangi chaqnashni qayd etishdi. Quyosh chaqnashlari rentgen nurlanishining kuchiga qarab beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Minimal klass A. Chaqnash odatda quyosh plazmasi tashlanishi bilan keladi, bulutlari Yergayacha yetib, magnit bo‘ronlarini qo‘zg‘atishi mumkin.


🔹 Vitse-prezident Kamala Xarrisning so‘rov natijalari uchta muhim prezidentlik saylovi shtatlarida sobiq prezident Donald Trampning reytingidan biroz yuqoriroqqa chiqqan. Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Demokratik partiyadan raqibi Kamala Xarris bilan intervyusi uchun CBS News telekanalini sudga berdi va tomoshabinlarni chalg‘itib, saylovga aralashgani uchun 10 milliard dollar talab qilmoqda.

🔹 Eron yahudiy davlatiga yaqinda uyushtirilgan hujumga javoban bir necha kun ichida Iroq hududidan Isroilga qarshi yirik zarba berishga tayyorlanmoqda. Tehron AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlar oldidan ko‘p sonli uchuvchisiz uchoqlar va ballistik raketalar ishtirokida operatsiya o‘tkazishi mumkin.

🔹 Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy kecha oqshom Dubay xalqaro aeroportiga yetib kelganida samolyotdan tushish chog‘ida yiqilib, oyog‘ini sindirgan.

🔹 Tojikistonda keng tarqalgan GTA va Counter Strike kompyuter o‘yinlari “shafqatsizlikni targ‘ib qilgani” uchun taqiqlandi.

🔹 Kecha Germaniya o‘z hududidagi Eronning barcha (uchta) bosh konsulligini yopdi.

🔹 Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Boshqirdistonga yetib keldi. U yerdagi uch korxona uchuvchisiz samolyotlar tomonidan hujumga uchragan.

🔹 Berlin metrosida teraktning oldi olindi. Noykyoln metro bekatida Berlin politsiyasi shubhali odamni payqab qoldi. U portlovchi moddalar bo‘lgan sumkani tashlab qochgan.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.