Xotin-qizlarga qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi

Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab:

➖ Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanalida ma’lum qilindi.