Yaponiyada 100 yoshdan oshgan 50 mingdan ziyod odam bor
Dunyoda umr ko‘rish davomiyligi va hayot darajasi bo‘yicha bunday yutuqlarga erishgan boshqa mamlakatlar yo‘q. Xo‘sh, nega shunday ekan?
Sarlavhadagi raqam 15 yildan so‘ng kunchiqar mamlakatda milliondan ortiq uzoq umr ko‘radigan odam bo‘lishiga ishora qilyapti.
Ba’zilar, ularning uzoq umr ko‘rish sirlari xom baliq va dengiz o‘tlarini iste’mol qilishlarida, degan taxminni o‘rtaga tashladi. Aslida bunday emas.
Dunyoda iliq okean bo‘yida joylashgan, mahalliy aholisi ertalabdan kechgacha dengiz mahsulotlari, meva va sabzavotlarni iste’mol qiladigan ko‘plab mamlakatlar bor. Biroq, ularning umr davomiyligi yaponlarga qaraganda ikki barobar kam.
Uzoq umr ko‘rishning siri shundaki, yaponlar muloqot qilganda suhbatdoshi kayfiyatini buzmaslikka harakat qiladigan ajoyib kishilardir. Dunyoda Yaponiya kabi boshqa ijobiy mamlakatni topish mushkul.
Bu mamlakatni haqiqiy iqtisodiy mo‘’jiza bilan tenglashtirsa bo‘ladi, negaki ularning yer maydoni yo‘q, hatto sholi ekish va shaharlar qurish uchun hech qanday joyi, tabiiy resurslari ham yo‘q. Shu bilan birga ular dunyodagi eng boy millatdir ham. Yaponlarning o‘rtacha ish haqi 3,5 ming dollarni tashkil qiladi.
Gap shundaki, butun bir mamlakat muvaffaqiyatining siri yaponlarning birinchilardan bo‘lib o‘z fikrlarini boshqarishni, salbiy fikrlar nafaqat suhbatdoshning kayfiyatini, balki uning sog‘lig‘i va kelajagini ham yo‘q qilishini mukammal anglashni o‘rganganligidadir.
Ularda “yo‘q” degan so‘zning o‘zi yo‘q.
Bu shu qadar tabiiy yo‘l bilan qilinganki, ularning har biri xoh maktabda, xoh uyda yoki ishda bo‘lsin, o‘z fikrlarini boshqara biladi va salbiy fikrlari boshqalar hayotini buzishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Zero, ular fikrlari farzandlarining, kompaniyasining va o‘z mamlakatining kelajagini yetishtiradigan urug‘ ekanligini tushunadi.
Xulosa qilib, inson hayotini o‘zining fikrlari, baholari orqali o‘zgartira olishi mumkin, desak bo‘ladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.