Yosh yigit o‘zidan 30 yosh katta mahalladoshini urib o‘ldirib qo‘ydi

Joriy yilning 11 iyunidan 12 iyuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da Samarqand tumani Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 52 yoshli T.B. va 22 yoshli M.S.lar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida M.S. fuqaro T.B.ning yuz sohasiga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Voqea sabab T.B. Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha M.S. JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Fuqaro T.B.  shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, 2020 yil 22 iyun kuni shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi esa JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.