Yuvosh qotil

Kaliforniya universiteti mutaxassis-sotsiologlari ko‘pchilik amerikaliklarning o‘limiga qashshoqlik sababchi ekanligini aniqlashdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qashshoqlik oqibatidagi o‘lim diabet, semirish va giyohvandlikdan o‘layotganlardan ham ko‘p ekan.

Tadqiqotchilar bunga sabab ijtimoiy himoya va nafaqa to‘lash tizimining qoniqarsiz ishlayotgani ekanligida, deb bilmoqda. To‘yib ovqatlanmaslik oqibatida 40 yoshdan keyin halok bo‘layotgan odamlar baxtsiz hodisa yoki zo‘ravonlikdan jon berayotganlardan ko‘pdir.

***

Marhum buvisini tiriltirdi

Xitoylik yigit sun’iy intellekt yordamida buvisini tiriltirdi.

U buvisining saqlanayotgan suratini, telefonda so‘zlashuvlarini va boshqa mavjud ma’lumotlarini tizimlashtirib, ularni chat - bot Chat GPT ga joyladi. Natijada u buvisining hayotlikda qanday bo‘lsa, shunday virtual qiyofasini tikladi.

Buvi xuddi tirikligidagidek nabirasi bilan so‘zlashadi, savollariga javob beradi. Buni u xotirjam, marhumga xos vazmin ovozda bajaradi.

Xullas, aqlbovar qilmaydi, ammo bu haqiqat.

T.Shomurodov tayyorladi.